Shunga qaramay, bu xastalik hamon insoniyat salomatligi uchun jiddiy tahdid bo’lib qolmoqda. Mavjud dinamika 2030 yilgacha kasallikni bartaraf etishga qaratilgan global maqsadlarga erishish uchun etarli emas.
Masalan, 2024 yilda virusli gepatit 1,34 million kishining hayotiga Zomin bo’lgan. Hozir ham infektsiya tarqalishda davom etmoqda. Kuniga 4900 dan ortiq, yil davomida esa 1,8 millionga yaqin yangi kasallanish holatlari qayd etilyapti.
JSST rahbari Tedros Gebreyesusning fikricha, gepatitni butunlay jilovlasa bo’ladi. Buning uchun profilaktika, tashxis va davolash ishlarini kuchaytirish zarur.
Jumladan, bolalarni gepatit B ga qarshi emlash kelgusida jigar kasalliklari xavfini sezilarli darajada kamaytiradi. Ya’ni ularning himoya qilish samaradorligi 95 foizdan ortiqni tashkil etadi.
O’z navbatida, zamonaviy davolash usullari gepatit C ni to’liq davolash imkonini beradi.
Sog’liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.