infection-kf.uz

Telefon

(75) 226-08-49

Email

infection_karshi@mail.ru

Manzil

Roguzar maxallasi, Beruniy -7

Brusellyoz bo’limi

Home / Service Detail

Brusellyoz bo’limi

Brutsellyoz, malta isitmasi, qora oqsoq— odam va hayvonlarda uchraydigan infeksion kasallik; B.ni brutsella bakteriyalari qoʻzgʻatadi, ular tashqi muhitda (suv, tuproq, teri va h.k.) bir necha oy saqlana oladi; dezinfeksiyalovchi vositalarda bir necha minutda nobud boʻladi.
Brutsellalar kasal hayvonning suti, siydigi, goʻngi, tushgan bolasi bilan tashqariga chiqadi, ular shu hayvonning goʻshtida ham boʻladi.

Organizmga brutsellalar hazm va nafas yoʻllarining shilliq pardalari, shuningdek shikastlangan teri orqali tushadi. B. bilan ogʻrigan molning xom suti va sut mahsulotlari (pishloq, moy), shuningdek chala pishirilgan goʻshti isteʼmol qilinganda kasallik odamga yuqadi.