infection-kf.uz

Telefon

(75) 226-08-49

Email

infection_karshi@mail.ru

Manzil

Roguzar maxallasi, Beruniy -7

Biz haqimizda

Home / About Us

BIZ HAQIMIZDA

Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qashqadaryo filiali

1926 yil № 1 shaxar shifoxonasi tarkibida  15 o‘rinli yuqumli kasalliklar bo‘limi sifatida ish boshlagan va 1968 yil 28 avgust kunidan 50 o‘ringa muljallangan Karshi shaxar yuqumli kasalliklar gospitali tashkillashtirilgan. SSV ning 16.11.2020 yildagi  291-sonli bo‘yrug‘iga asosan 2023 yildan RIEMYuPKIATM Qashqadaryo filiali sifatida faoliyatini davom ettirmoqda.

RIEMYuPKIATM Qashqadaryo filialida aloxida O‘tkir va Surunkali virusli gepatitlar,  aloxida kattalar va bolalar O‘tkir yuqumli  ichak infeksiyalari,  Brusellyoz,  O‘tkir respirator kasalliklari bo‘limi,  Parazitalogiya, Antiretrovirusli terapiya,  BOKS va Reanimatsiya  bo‘limlari mavjud. Shuningdek kabulxona, laboratoriya, fizioterapiya, rentgen, funksional diagnstika bo‘limlari faoliyat yuritmoqda.

RIEMYuPKIATM Qashqadaryo filialida aloxida O‘tkir va Surunkali virusli gepatitlar,  aloxida kattalar va bolalar O‘tkir yuqumli  ichak infeksiyalari,  Brusellyoz,  O‘tkir respirator kasalliklari bo‘limi,  Parazitalogiya, Antiretrovirusli terapiya,  BOKS va Reanimatsiya  bo‘limlari mavjud. Shuningdek kabulxona, laboratoriya, fizioterapiya, rentgen, funksional diagnstika bo‘limlari faoliyat yuritmoqda.

0 +

Malakali shifokorlar

0 +

O'rin joy

Biz ham professional, ham insonparvarlik nuqtai nazaridan sizlarni eshitishga va yordam berishga tayyormiz.

X. Ernazarov.

Direktor

Amalga oshirilgan qurilish va rekonstruksiya ishlari:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 1 may kunidagi 2938 — sonli Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 2017-2018 yillarda shifoxonada qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.  Natijada 120 o‘rinli   davolash bo‘limlari, oshxona, laboratoriya, ichki dorixona, fizioterapiya bo‘limlari binolari  yangidan qurildi. 100 o‘rinli  davolash bo‘limlari, qabulxona, kirxona binolari rekonstruksiya qilindi. Qurilish-rekonstruksiya qilingan binolar  jami 26 xil turdagi yangi davr talablariga javob beradigan zamonaviy davolash va diagnostika tibbiy asbob-uskunalari bilan jixozlandi. Doimiy ichimlik suvi ta’minoti yulga quyildi.

Bo‘limlar va nazologiya:

Bo‘limlar va nazologiya: RIEMYuPKIATM Qashqadaryo filialida aloxida O‘tkir va Surunkali virusli gepatitlar,  aloxida kattalar va bolalar O‘tkir yuqumli  ichak infeksiyalari,  Brusellyoz,  O‘tkir respirator kasalliklari bo‘limi,  Parazitalogiya, Antiretrovirusli terapiya,  BOKS va Reanimatsiya  bo‘limlari mavjud. Shuningdek kabulxona, laboratoriya, fizioterapiya, rentgen, funksional diagnstika bo‘limlari faoliyat yuritmoqda.

O‘rinlar soni: RIEMYuPKIATM Qashqadaryo filiali  220 o‘ringa muljallangan bo‘lib  shundan; 100 o‘rin kattalar, 120 o‘rin bolalar uchun ajratilgan. Reanimatsiya o‘rinlar soni 12 tani tashkil qiladi.

Xodimlar bilan ta’minlanganligi; Filialda jami 45 nafar shifokor (shundan 16 nafari (35%) oliy toifa), 345 nafar xamshira, 237 nafar orastabonu va 56 nafar boshqa xodimlari faoliyat olib boradi.

Amalga oshirilayotgan profilaktika ishlari.

  • Filial xodimlari tomonidan 2023 yil fevral-may oylarida Koson, Kasbi, Qarshi tumanlarida maktablarda Gijja kasalliklari bo‘yicha laborator tekshirishlar va targ‘ibot tadbirlari amalga oshirildi.
  • Barcha tumanlarda axoli o‘rtasida virusli gepatitlarni erta aniqlash uchun ekspres testdan o‘tkazish va kasallik aniqlangan bemorlarni ruyxatga olib, PSR tekshiruvidan o‘tkazish, ularni virusga qarshi vositalar bilan ta’minlash ishlari olib borilmoqda.

Yangidan tadbiq qilingan diagnostika-davolash usullari.

Shifoxonada ichki laboratoriyasi sunggi rusumdagi zamonaviy bioximik, IFA, klinik analizatorlar bilan jixozlandi. Natijada 17 xil turdagi bioximik, 24 xil turdagi klinik va IFA usulida qondagi gepatit A, V, S viruslarining markyorlarini aniqlash yulga qo‘yildi. Laboratoriya bo‘limining zamonaviy diagnostik apparatlar bilan jixozlanishi o‘tkazilayotgan taxlillar ishonchliligini oshirdi va ularga ketadigan vaqtni qisqartirdi. Reanimatsiya bo‘limini laringoskop jamlamasi, defibrilyator, kardiomanitor, kislorod oksigeneratorlari bilan jixozlanishi og‘ir bemorlarga shoshilinch (intensiv) tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini oshiradi. Bemorlar uchun zamonaviy va qulay krovatlar, tumbochkalar, stol-stullar, xar bir xonada xojatxona, chumilish uchun dushxona va rakovinalar o‘rnatilishi ularning ortiqcha xarakatlanishi ya’ni bezovta bo‘lishini oldini oladi, ularning kayfiyatiga ta’sir qilib davo muolajalari samarali bo‘lishiga, xalqimizning tibbiy xizmatdan rozi bo‘lishiga zamin yaratdi. Filial qabo‘l-diagnostika bo‘limida pullik xizmat tashkillashtirilgan bo‘lib xozirda 40 turdagi laborator va instrumental tekshirish usullari amalga oshirilmoqda.

Shifokorlarimiz

O'z ishining mutaxassisi bo'lgan xodimlarimiz

Ernazarov Xamza Xamraevich

RIEMYuPKIATM QF direktori

Ro‘ziev Raximjon Qurbonovich

Davolash ishlari o‘rinbosar

Mallaev Xurshid Olimjonovich

Qabul bo'limi boshlig'i

Tog‘aynazarov Akbar Pirimovich

Laboratoriya bo‘limi mudiri