Home / Service Detail
Virusli gepatit – oʻtkir yuqumli kasallik; jigar hujayralarining zararlanishi, umumiy intoksikatsiya belgilari, teri va shilliq qavatlarning sargʻayishi, peshobning toʻq sariq yoki “pivo”ga oʻxshash, najasning oqimtir tusga (gilvata rangiga) kirishi, jigar, baʼzan taloqning ham kattalashishi bilan ifodalanadi.
Virusli gepatit deganda bir-biriga oʻxshash olti xil gepatit tushuniladi, bular A, B, C, D, E viruslari qoʻzgʻatadigan kasallikladir. Ular yuqishiga qarab ogʻiz orqali (A, E) va parenteral yoʻl bilan yuqadigan (B,C, D) xillarga ajratiladi. A va Ye virusli geptitlarda viruslar bemorning axlati orqali tashqariga chiqadi. Shu bois axlat, suv, oziovqat mahsulotlari, bemor foydalangan buyum va narsalardan ifloslanish juda xavfli hisoblanadi.