infection-kf.uz

Telefon

(75) 226-08-49

Email

infection_karshi@mail.ru

Manzil

Roguzar maxallasi, Beruniy -7

O‘tkir yuqumli ichak infeksiyalari bolalar bo’limi

Home / Service Detail

O‘tkir yuqumli ichak infeksiyalari bolalar bo’limi

Bolalar oʻrtasida diareya, yaʼni, ichburugʻ kasalligi koʻp uchraydi. Diareyaning bakteriyali va virusli turlari bor. Uning bakteriyali turi solmonellyoz, dizenteriya, ichak tayoqchasi, shartli patogen mikroorganizmlarning organizmdagi muvozanati buzilishi tufayli yuzaga keladi. Virusli turi esa oziq-ovqat va havo orqali yuqadi. Bu kasalliklarning yuqishiga, asosan, tozalik, shaxsiy gigiyenaga yetarli rioya etmaslik, suvni qaynatmay ichish, sifati talabga javob bermaydigan oziq-ovqatlarni isteʼmol qilish, meva-sAabzavotlarni tozalab yuvmay, sifatiga eʼtibor bermasdan yeyish sabab boʻladi.

Bola organizmi juda tez suvsizlanib qoladi, koʻp miqdorda suyuqlik yoʻqotish oqibatida modda almashinuv jarayoni va boshqa aʼzolar faoliyati ham buziladi. Birinchi galda asab tizimi va oshqozon-ichak trakti ishi zarar koʻradi. Diareya xavfini nazar-pisand qilmaslikning oqibati yaxshi emas. Dunyo statistikasiga koʻra, diareya bilan kechadigan kasalliklardan har yili 5 million bola vafot etadi. Bu kasallik, ayniqsa, goʻdaklar va 3 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun juda xavflidir.

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti bu borada toʻrtta eng oddiy usulni targʻib etadi. Yaʼni, bolaning holsizlanib qolishi, koʻz atrofi va qovoqlarning osilishi va koʻkarishi, qorin sohasida teri chimchilansa, tezda asl holiga qaytmasligi, suv ichishni keskin rad etishi. Ana shunday holatlar diareyaning ogʻir darajasidan dalolat. Bunday vaziyatda zudlik bilan “tez yordam” chaqirib bolani yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yetkazish lozim.

Bu immun tizimining kuchsizligi, organizmning yot infeksiya va viruslarga qarshi kurashish qobiliyatining pastligi ifodasidir. Bunday vaziyatlarda ham zudlik bilan bolani tegishli shifokor koʻrigiga yoʻllab, sogʻlomlashtirish chorasini koʻrish kerak.

YUQUMLI KASALLIKLAR, BOLALAR INFEKSIYALARI.

Yuqumli kasalliklar qadim zamonlarda ham uchragan. Chinchechak, o’lat, vabo va boshqa xatarli, yuqumli kasalliklar vaqti-vaqti bilan keng tarqalib, millionlab kishilarning yostig’ini qurutgan, jamiyatga ko’p halokat yetkazgan.