Home / Service Detail
Vazirlar Mahkamasining 24.07.2017 yildagi 537-son qarori bilan 2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasida yuqumli kasalliklarga, shu jumladan virusli gepatitlarga tashxis qo‘yish, ular profilaktikasi va ularni davolash usullarini yanada takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar tasdiqlandi.
U o‘z ichiga to‘rtta asosiy yo‘nalish bo‘yicha chora-tadbirlarni oladi:
Gepatologiya (yun. hepar — jigar va …yaogiya) — gastroenterologiya fanining bir boʻlimi; jigar va oʻt yoʻllari kasalliklarining kelib chiqish sabablari, klinik kechishi, diagnostikasi hamda davolash va oldini olish usullarini oʻrganadi. Xususiy va umumiy G. farq qilinadi. G. jigarning tuzilishi va faoliyatini oʻrganish borasida elektron mikroskopiya, gistokimyo, ultratsentrifugalash, xromatografiya, radioizotop tekshirish, EHM va b. tadqiqotlarga asoslanadi. Tibbiyot texnikasining takomillashganligi (mas, punksion nina va zondlar, laparoskopiya, angiografiya oʻtkaziladigan apparatlar) G.ning jadal rivojlanishiga im kon berdi. Hoz. G. oldida turgan eng muhim muammolardan biri gepatit, virusli gepatit, gepatoz, jigar sirrozi kabi jiddiy kasalliklarning oldini olish va davolashga qaratilgan. G. oʻz amaliyotida jigarni punksiya qilish, radioizotop skanirlash, ultratovush tashhisi (UTT), immunologik, kompyuter tomografiya kabi tekshirish usullaridan foydalanadi.